useful_in

02.12.2024

9-noyabr kuni “Fly Khiva Group” aviakompaniyasi “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida hamkorlari uchun biznes-nonushta tashkil qildi.

Tadbirda aviakompaniya bosh direktori Dilshod Xo‘jayev va savdo bo‘limi rahbari Aziz Xo‘jayev “Fly Khiva Group”ning hozirgi imkoniyatlarini taqdim etdi, kompaniyaning yaqin kelajakdagi strategik maqsadlarini belgilab berdi, shuningdek, dekabr oyida ikki dona Boeing 757-300 yo‘lovchi samolyotining ishga tushirilishi haqida e’lon qildi.

“Fly Khiva Group” biznes-nonushtada ishtirok etgan barcha hamkorlarga samimiy minnatdorchilik bildiradi va kelgusidagi samarali hamkorlikdan umidvor!